Dubna
Institutda o'tkaziladigan konferensiyalar jadvali
Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda 2025-yil 20-21-iyun kunlari “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi, mikro va nanoelektronikaning fundamental va amaliy muammolari” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Golografik interferometriya, golografik raqamli interferometrik qurilmalar elementlarini ishlab chiqish va tadqiq qilish, turli qaytuvchan fotosezgir muhitlarda, jumladan fotorefraktiv kristallar, yarimo'tkazgichli materiallar va geterostrukturalar, shuningdek nanomateriallarda axborotni golografik yozib olishni o'rganish.
Monokristalli kremniy va boshqa yarimo'tkazgichli materiallar sirti va hajmidagi termik va radiatsiyaviy nuqsonlarning hosil bo'lish jarayonlarini eksperimental tadqiq qilish
Atrof-muhit omillari (quyosh radiatsiyasi zichligi va tarkibi, havo harorati va namligi, shamol tezligi, atmosfera bosimi, ifloslanish, yog'ingarchilik va h.k.)ning fotoelektrik va quyosh issiqlik o'zgartirish tizimlarining ekspluatatsion parametrlariga ta'sirini o'rganish
Kondensirlangan atomar va molekulyar holatdagi qattiq jismli materiallarning fundamental xossalari va o'zaro ta'sirini o'rganish. Yarimo'tkazgichlar va kvant materiallarining magnit xossalarini tadqiq qilish. Kristall panjarali kondensirlangan yarimo'tkazgichli tuzilmalarda magnitotransport hodisalarini tadqiq qilish
Yadroviy nurlanish ta'sirida turli materiallarning strukturaviy o'zgarishlarini, shuningdek ularning elektrofizik xossalarini radiatsiyaviy bardoshlilik darajasida tadqiq qilish.
CdTe, CdS, ZnCdTe va SnO2, In2O3, ITO, CdO, MoO3 plyonkalari kombinatsiyasi bilan termostabil kremniy asosida fotodetektorlar yaratishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish, shuningdek keng spektrli yarimo'tkazgichli oksidlar