Bo‘limning asosiy vazifalari:
-Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi talab va vazifalarini bosqichma-bosqich bajarish (har yili may oyida ehtiyoj va talabdan kelib chiqqan holda kvota so‘rash, tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilikka qabul jarayonini tashkilashtirish, belgilangan vaqtda faoliyat samaradorligi monitoringini amalga oshirish, kursdan kursga o‘tkazish va bitirganlarni doktorantura safidan chiqarish);
-institutda tahsil olayotgan 1-2-3 bosqich tayanch doktorantlar, maqsadli tayanch doktorantlar, doktorantlar va stajor-tadqiqotchilar faoliyatini tashkillashtirish, nazorat ishlarini olib borish;
-mustaqil izlanuvchilar bilan ishlash;
-Respublika bo‘yicha 01.04.10-Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha (fizika-matematika va texnika yo‘nalishlari) malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlarning hujjatlarini qabul etish va malakaviy imtihonni tashkillashtirish;
-malakaviy imtihon jarayoni va imtihon topshiruvchilarga tegishli ma’lumotlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OAK ga o‘z vaqtida topshirish;
-institutda faoliyat yuritayotgan ilmiy rahbarlar va doktorantlar haqidagi ma’lumotlar va hujjatlarni phd.mininnovation.uz phd.mininnovation.uz platformasiga kiritib, vaqtida yangilab turish.
"E'lon"
-O‘zMU huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha doktorantura (DSc), tayanch-doktorantura (PhD) va stajyor-taqdiqotchilikga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
• ariza;
• qisqacha biografik ma’lumotnoma;
• B1 darajadagi xorijiy til sertifikati;
• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
• Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi nusxasi;
• 3.4 shakldagi ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 2 ta tezis va tanlangan mavzu bo‘yicha OAK e’tirof etgan jurnalda 1 ta ilmiy maqola);
• Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (doktorantura uchun).
• Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi (doktorantura uchun).
• pasport nusxasi;
• ilmiy rahbarning rozilik xati.
Hujjatlar
https://daraja.ilmiy.uz orqali joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Ma’lumot o`rnida, tasdiqlangan kvota bo‘yicha ajratilgan o’rinlarga mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari va suhbat bo‘lib o`tadi.
Murojaat uchun: +998998823157,
info@ispm.uz