Ilmiy-ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi

Bo‘limning vazifalari:


-Iqtidorli maktab o‘quvchilari, talabalar va yosh olimlarning ilmiy- tadqiqot ishlariga xar tomonlama yordam berish;
-Yuqori sinf maktab o‘quvchilarini ilmiy tadqiqotlarga faol jalb etish;
-Tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yaratishga amaliy yordam ko‘rsatish orqali o‘quv metodik ishlarining darajasi va sifatini oshirish;
-Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika soxasida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda tegishli oliy ta’lim muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkillashtirish;
-Manfaatdor oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnomalar tuzish va ishlab-chiqarish integratsiyasini amalga oshirish .