Institut yangiliklari


Министерство высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, Министерство энергетики Республики Узбекистан, Академия наук Республики Узбекистан, Научно-исследовательский институт физики полупроводников и микроэлектроники при Национальном университете Узбекистана, МЭИ в Ташкенте 26-27 сентября 2024 года в «Национальном исследовательском университете» – филиале ФГБОУ ВО и Ташкентском государственном техническом университете пройдет выставка «Развитие современной физики полупроводников». тенденции: достижения, проблемы и перспективы» Состоялась III Международная научная конференция

Batafsil

Institut yangiliklari


O‘zMU huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha doktorantura (DSc), tayanch-doktorantura (PhD) va stajyor-taqdiqotchilikga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.

Batafsil

Institut yangiliklari


Yarimo’tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti xalqaro miqyosdagi sohaga oid bir qator nufuzli institutlar bilan xamkorlik aloqalarini o’rnatmoqda. Jumladan, 2024-yil 10-sentyabr kuni institut rahbariyati va olimlari hamda Malayziyaning Sulton Idris ta’lim universiteti prorektori Dr. Suriani Abu Bakar va bo’lim boshlig’i Dr. Azmi Muhammad bilan dastlabki hamkorlik aloqalari bo’yicha suhbat o’tkazildi. Suhbat davomida ikki tomon a’zolari yarimo’tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasi bo’yicha olib borayotgan tadqiqot ishlari to’g’risida fikr almashdilar. Suhbat natijasiga ko’ra tomonlar ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda o’tkazish, hammualliflikda maqolalar tayyorlash va chop etish, qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni tashkil etish orqali xar ikki tomonning dunyo miqyosidagi reytingini oshirishga kelishib olindi.

Batafsil

Institut yangiliklari

YOSH OLIMLAR VA FIZIK TALABALARNING IV RESPUBLIKA ILMIY ANJUMANI O’TKAZILDI


Institut tarkibidagi O‘zbekiston fizik-talabalari va yosh olimlar assotsiatsiyasining vazifalaridan biri fizika yo‘nalishida, xususan yarimo‘tkazgichlar fizikasi hamda yarimo‘tkazgichli mikroelektronika sohasida ilmiy faoliyat olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ular ishtirokida ilmiy loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek ilmiy anjumanlar hamda simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishdan iborat. Shu munosabat bilan 2024 yil 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston fizik-talabalari va yosh olimlar assotsiatsiyasi hamkorligida Yosh olimlar va fizik talabalarning IV Respublika ilmiy anjumani (YOFTRIA-IV) o’tkazildi.

Batafsil

Institut yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi F-72-son farmoyishi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi"ning 38-bandida “Barcha oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar o‘rtasida “Yangi Konstitusiya – taraqqiyot qomusi" mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish" topshirig‘i berilgan.

Batafsil

Institut yangiliklari

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo'tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida "Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Olimlar bahori" nomi ostida tadbir o'tkazildi. Ushbu tadbirga Oliy taʼlim,  fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ngirotboy Sharipov va vazirlikning mutasaddi xodimlari, Fanlar akademiyasi akademiklari va boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida vazir ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi hamda olimlar bilan birgalikda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo'lgan ilmiy faoliyat masalalari muhokama qilindi.

Batafsil

Xabarlar

2024-yil 23-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutiga Rossiya Fanlar Akademiyasi A.V. Rjanov nomidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi institutidan f.-m.f.d. T.S. Shamirzayev va Rossiya Fanlar Akademiyasi Fizik kimyo va tibbiyot kimyosi Federal tadqiqot markazidan f.-m.f.n V.V. Rakitin tashrif buyurdi.

Batafsil

Insitut yangiliklari

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 19-22 fevral kunlari O‘zbekiston Fiziklar Kengashi raisi, akademik Qodir Gʻulomov va Koreya Fiziklar Kengashi raisi professor Suklyun Hong tashabbusi ostida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti, Koreya Fiziklar Kengashi va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida "First International Conference on Low-Dimensional Advanced Materials (ICLODAM-24)" xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi.

Batafsil