“Yarimo‘tkazgichlar mikroelektronikasi” laboratoriyasi

Laboratoriyaning ilmiy yo‘nalishlari


-Yarimo‘tkazgichli yorug‘lik diodlari asosida paxta namligini o‘lchovchi qurilmani ishlab chiqish;
-Optoelektron asboblar asosida aeroportlarda ornitologik xavfsizlikni taminlovchi avtomatlashtirilgan tizimni yaratish;
- Yarimo‘tkazgichli nur manbalari asosida Orol bo‘yi hududlari yer osti suvlarini chuchuklashtirish tizimini yaratish;
-O‘rta IQ – soha nur diodlari (2,2 mkm) va keng polosali foto qabul qilgich (4,2 mkm) asosida kichik o‘lchamli ob’yektlar haroratini nazorat qiluvchi optoelektron qurilmani ishlab chiqish;
- Turli xil kirishmalar bilan legirlangan kremniy asosida termodatchiklar ishlab chiqish va parametrlarini tadqiq qilish;
-Yuqori aniqlikni taminlovchi termodatchik asosida suvni chuchuklantirish tizimi haroratini nazorat qiluvchi mikroelektron qurilmani ishlab chiqish.

Asosiy ilmiy natijalar


-Yarimo‘tkazgichli yorug‘lik diodlari asosida paxta namligini o‘lchovchi qurilma ishlab chiqildi;
-Yarimo‘tkazgichli optoelektron nur manbalari asosiy xarakteristikalari tadqiq etildi;
-Optoelektron asboblar asosida aeroportlarda ornitologik xavfsizlikni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan tizimni dasturiy taminoti ishlab chiqildi;
- Yarimo‘tkazgichli nur manbalari asosida Orol bo‘yi hududlari yer osti suvlarini chuchuklashtirish tizimini yaratildi;
-Yer osti suvlarini chuchuklashtirish qurilmasi konstruksiyasi ishlab chiqildi;
- O‘rta IQ – soha nur diodlari (2,2 mkm) va keng polosali foto qabul qilgich (4,2 mkm) asosida kichik o‘lchamli obyektlar haroratini masofadan nazorat qiluvchi optoelektron qurilma asosida paxta xom ashyosini g‘aramlarda saqlashni nazorat qilish va boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqildi.

Chop etilgan asosiy ilmiy ishlar


-1. Sh.B. Utamuradova, X.S. Daliev, G.O. Kuldashov Raqamli infraqizil namlik o‘lchagich // Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi foydali model patenti. FAP 02118. Toshkent. 25.09.2023.
-2. X.S. Daliev, O.X. Kuldashov, Ye.S. Shangin, M.I. Mannanov, G.S. Mirzaeva. Yer osti suvlarini tuzsizlantirish qurilmasi // O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Foydali model patenti. FAP 02349. Toshkent. 23.10.2023.
-3. Sh.B. Utamuradova, I.O. Xolmirzaev, Sh.E. Muradov, S.Sh. Rashidov. Texnik qo‘riqlash vositalari majmuasining ishlatuvchi dastur taʼminoti // EXM –dasturinining rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvoxnoma №DGU 23245. 13.03.2023 y.
-4. Sh.B. Utamuradova, I.O. Xolmirzaev, Sh.E. Muradov, S.Sh. Rashidov. Texnik qo‘riqlash vositalari uchun raqamli elektron ovoz yozish qurilmasi // EXM –dasturinining rasmiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvoxnoma №DGU 25421. 16.06.2023 y.
-5. O.X. Kuldashov. Mikro va optoelektronik o‘lchash usullari. Darslik.”Classic” nashriyoti, 2023, 316 b.
-6. Sh.B.Utamuradova, O.X. Kuldashov. Mikroelektronika va nanoelektronika. O‘quv qo‘llanma.”Classic” nashriyoti, 2023,217 b.
-7. Х.С. Далиев, О.Х. Кулдашов. Метрология и информационно-измерительная техника: Лабораторный практикум. Учебное пособие. Издательство ”Classic” 2023, 283 стр.
-8. Х.С Далиев, Ш.Б. Утамурадова, О.Х. Кулдашов. Методы стабилизации параметров светодиодов средней ИК – области. Монография. Издательство «Clasic», 2023,157 стр.
-9. Sh.B. Utamuradova, K.S. Daliev, Sh.Kh. Daliev, U.K. Erugliev. Capacitive spectroscopy of deep levels in silicon with samarium impurity // East Eur. J. Phys. 2023, 4, pp.303.
-10. O.X. Kuldashov, A.O. Komilov. Simulink Model in the Matlab System for Determining the Causes of Possible Damages of Cable Lines // Eurasian Journal of Engineering and Technology. Vol. 14, pp. 92-98.
-11. O.X. Kuldashov O.X. Infrared moisture meter for raw cotton in bunts // All sciences. 2023, р. 33-47.
-12. O.X. Kuldashov, Ya. A. Saidimov, M. I. Mannanov. The effect of accelerated protons on the Electrophysical parameters of thermistors based on n-Si and n-Si // Web of Scientist: International Scientific Research Journal (WoS) Sep. 2023. Issue 9. Vol. 4, pp.14-18.
-13. Sh.B. Utamuradova, O.X. Kuldashov, S.Sh. Rashidov. Toifalangan obyektlar uchun elektron yarimo‘tkazgichli modullarni ishlab chiqish // Xarbiy aloqa va AKT xabarlari. 2023. 2-son. 82-88 b.
-14. Sh.B.Utamuradova, X.S.Daliev, O.X. Kuldashov, Sh.E. Murodov. Texnik tizimni qurish hamda toifalangan obʼektlarning perimetr xavfsizligini taʼminlash uchun talablar // Xarbiy aloqa va AKT xabarlari. 2023. 203-213 b.
-15. О.Х. Кулдашов. Система для обеспечения орнитологической безопасности в аэропортах // Сборник докладов V Международной научно-практической конференции «Роль цифровизации и инноваций в развитии управления профессиональной армии», Ташкент. 2023. стр.740-743.

Yer osti suvlarini chuchuklashtirish tizimi

Yarimo‘tkazgichli nur manbalari asosida yer osti tuzlik darajasi yuqori bo‘lgan suv manbalarini ekologik jihatdan xavfsiz ichimlik suvi va texnik suv bilan taʼminlash imkonini beradi.