E'LON

O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI HUZURIDAGI YARIMO‘TKAZGICHLAR FIZIKASI VA MIKROELEKTRONIKA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12 RAQAMLI ILMIY KENGASH

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti huzurida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining 2022 yil 30 iyundagi 336-son qaroriga muvofiq 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi; 21.02.25 – Harbiy elektronika, harbiy majmualar apparatlari; 05.05.08 – Elektronika ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalari beruvchi DSc.03/12.30.2019.FM/T.01.12 raqamli Ilmiy kengash faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu ilmiy Kengashda shu kunga qadar 11 nafar fan doktori(DSc) va 48 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.

Kengash va uning huzuridagi ilmiy seminar a’zolari:



1. Utamuradova Sharifa Bekmuradovna – Kengash raisi – fizika-matematika fanlari doktori, professor.
2. Hamdamov Jonibek Jumayevich – Kengash kotibi – fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
3. Turgunov Nozimjon Abdumannopovich – Seminar raisi – fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
4. Fayzullayev Qahramon Mahmudjonovich – Seminar kotibi – fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).