“ZAMONAVIY YARIMO‘TKAZGICHLAR FIZIKASI RIVOJLANISHINING TENDENSIYALARI: YUTUQLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR” MAVZUSIDA III XALQARO ILMIY KONFERENSIYASI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent shahridagi ““MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida 2024 yilning 26-27 sentyabr kunlari “Zamonaviy yarimo‘tkazgichlar fizikasi rivojlanishining tendensiyalari: yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida III Xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazilishi rejlalashtirilgan edi.
Konferensiya muvafaqqiyatli tarzda o’tkazildi. Konferensiyada xalqaro va Respublikamizda fizika sohasida faoliyat yuritayotgan O’zR FA akademiklari, professorlar, ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistr va talabalar ishtirok etdilar.
Konferensiya yakunida yarimo‘tkazgichlar fizikasi, yarimo‘tkazgichli mikroelektronika, materialshunoslik, muqobil energiya manbalari sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovasion loyihalarni horijlik hamkasblar bilan hamkorlikda amalga oshirish va bu borada ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqotchilar, olimlar hamda xorijlik yetuk mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ushbu yo‘nalishda yetuk va malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan ilmiy nashrlarni joriy qilish, oliy ta’lim muassasasi, fan va ishlab chiqarishning innovasion korporativ hamkorligini oshirish, yangi g‘oyalar, innovatsiyalar, izlanishlar yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnologik muammolarni o‘rganib, ularni hamkorlikda muhokama qilib borish va shuningdek, har ikki yilda bu xalqaro miqyosdagi konferensiyani o‘tkazishga kelishib olindi.