Yangiliklar




Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda


imgimg

Joriy yilning 17-noyabr kuni Yaponiyaning ilmiy laboratoriya qurilmalari ishlab chiqarish va ularni eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyalaridan biri “Interactive Corporation” savdo kompaniyasining rasmiy vakillari O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.

Delegatsiya a’zolari tarkibida kompaniyaning vakillik direktori A.Yu. Batrakov va JEOL brendi bilan mashxur bo‘lgan elektron mikroskoplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning Osiyo mintaqasi bo‘yicha menejeri T. Xitachi va boshqa vakillar bo‘lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy elektron mikroskoplar va boshqa qurilmalarining texnik xarakteristikalari bo‘yicha institut jamoasiga ma’lumotlar berishdi.



img

Delegatsiya a’zolari tomonidan institutning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlariga mos keluvchi qurilmalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berish yuzasidan kelgusi oyda seminar o‘tkazilishi taklif etildi va bu taklif institut rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.