Laboratoriyaning ilmiy yo‘nalishlari
- Monokristall kremniy va boshqa yarimo‘tkazgichli materiallar yuzasi hamda hajmida issiqlik va radiatsiyaviy nuqsonlarning hosil bo‘lish jarayonlarini eksperimental tadqiq qilish;
- Kirishma kiritilgan kremniyda nuqson markazlarining hosil bo‘lish jarayonlarini o‘rganish hamda kirishma atomlari va turli tashqi omillar ta’sirida monokristall kremniyning nuqsonli tuzilishining hosil bo‘lish va rivojlanish mexanizmlarini aniqlash;
-Kristall panjara nuqsonlari bilan kirishma komponentlar atomlarining o‘zaro ta’siri va turli tashqi va ichki omillar ta’sirida kirishma-nuqson assosiatsiyalari bilan monokristalli kremniyda nuqson hosil bo‘lish jarayonlarini o‘rganish;
- Doimiy kuchlanish va o‘zgarmas sig‘im rejimida ishlaydigan qurilmalarni chuqur sathlarning stasionar bo‘lmagan sig‘imli spektroskopiyasi DLTS asosida tahlil qilish;
- Nanostrukturali yarimo‘tkazgich materiallarning fotoo‘tkazuvchanlik spektrlarini eksperimental o‘rganish va diskret energiya darajalarini aniqlash;
- Kompozitsion material asosida diodli konstruksiyalarni yaratish imkoniyatlarini o‘ranish;